Jamiyat
Jizzax viloyatida istiqomat qiluvchi fuqaro qizining baxti uchun 62 million so‘m aliment qarzini yashab turgan uyini sotib to‘lab berdi. Bu haqda Majburiy ijro byurosi Jizzax viloyat boshqarmasi xabar bermoqda.
Sudning 2016-yildagi qaroriga asosan, K.Sh.dan undiruvchi Y.N. foydasiga ikki nafar farzandining ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining 1/3 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan edi. Ushbu ijro hujjati Byuroning Zarbdor tuman bo‘limiga kelib tushgan.
Yillar davomida otaning topgani o‘zidan ortmagani sababli aliment to‘lovlarini to‘liq ado eta olmagan va oqibatida bir necha bor javobgarlikka ham tortilgan.
Biroq katta qizi turmushga chiqishi arafasida ekanini eshitgach, ota befarq qarab turmadi. Darhol yashab turgan uyini sotib, 62 million so‘m aliment qarzini farzandining baxti uchun bir yo‘la to‘lab berdi.
Shu o‘rinda ota qiziga baxt tilab, farzandining taqdiri o‘zinikiga o‘xshamasligini aytgan.
Siyosat
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
109992
Jamiyat
94292
Jamiyat
90147
Jamiyat
73429
Jamiyat
//
Izoh yo‘q