UzAutoMotors shartnomalaridagi bir tomonlama shartlar bekor qilindi

Saqlash
13:39 / 30.07.2025 45 0

Raqobat qo‘mitasi so‘rovi asosida UzAutoMotors shartnomalaridagi bir tomonlama shartlar bekor qilindi. Bu haqda qo‘mita matbuot xizmati xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, kompaniyaning dilerlik korxonalari taqdim etayotgan shartnomalari (8 ta band va 45 ta kichik banddan iborat) o‘rganilganda qonunchilikka nomuvofiq holatlar mavjudligi aniqlandi. Raqobat qo‘mitasi tahlili natijasida UzAutoMotors AJni jalb qilgan holda shartnomaning 21 ta kichik bandi qonun talablariga muvofiqlashtirildi.

 

Jumladan:

 

Pulni qaytarish muddati. Avval qo‘shimcha shartnoma imzolangan kundan boshlab 30 kun bo‘lgan. Endilikda 10 kun muddatga qisqartirildi.

 

Avtomobilni yetkazib berish kechikishi. Avval ishlab chiqaruvchiga bog‘liq bo‘lmagan hollarda, ishlab chiqarishda vaqtincha uzilish yuz bersa, avtomobilni yetkazib berish muddati 3.1-bandida belgilangan muddatdan 45 kungacha uzaytirilishi mumkinligi sotuvchining majburiyatlari bo‘limida belgilangan edi. Endilikda ushbu band fors-major bo‘limiga ko‘chirildi.

 

Takroran shartnoma tuzish holati. Avval bir rusumdagi avtomobil uchun bir yilda qayta shartnoma tuzish holati aniqlanganda avtomobilni yetkazib berish muddati qo‘shimcha 120 kungacha uzaytirilishi mumkin edi. Endilikda bu band to‘liq olib tashlandi.

 

Shuningdek, shartnomada sotuvchining qonunchilikda belgilangan majburiyatlari  ham aniq belgilab qo‘yildi.

 

Raqobat qo‘mitasi mazkur sohada iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish bo‘yicha ishlar tizimli ravishda davom ettirilishini bildirdi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//