Jamiyat
Milliy paralimpiya qo‘mitasi raisi birinchi o‘rinbosari Shahnoza Mirziyoyeva Xalqaro suzish federatsiyasi - World Aquastics Byurosi tarkibidan o‘rin oldi.
Bu haqida Mirziyoyevaning o‘zi Instagram sahifasida ma’lum qildi:
“Menga bildirilgan ishonch uchun minnatdorchilik bildiraman va faxr bilan World Aquatics Byurosi tarkibiga kirish taklifini qabul qilaman!
Singapurda suv sportlari bo‘yicha Jahon chempionati doirasida World Aquatics Jahon federatsiyasining Kongressi bo‘lib o‘tdi. Ushbu Kongressning asosiy qarorlaridan biri Ijroiya qo‘mitasi Byurosining yangi tarkibini shakllantirish bo‘ldi.
Men uchun ushbu tashkilotning bir qismi bo‘lish va O‘zbekiston manfaatlarini global darajada ilgari surish katta mas’uliyatdir. Bu e’tirof faqat shaxsan menga emas, balki sportni har qanday sharoit va imkoniyatlardan qat’i nazar hamma uchun ochiq qilish yo‘lida mehnat qilayotgan jamoamizning ham yutug‘idir.
Meni ishonchim komil, Byuro faoliyatida ishtirok etish suv sport turlarini rivojlantirishga e’tiborni oshirishga xizmat qiladi va men World Aquatics tarkibidagi barcha sport turlari yanada ommabop bo‘lishi, shuningdek o‘zbek sportchilari nomlari jahon arenalarida yanada balandroq yangrashi uchun barcha kuch-g‘ayratimni berishga tayyorman.”

Ma’lumot uchun, Shahnoza Mirziyoyeva Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari ham hisoblanadi.
Jamiyat
Madaniyat
Jahon
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
109705
Jamiyat
94091
Jamiyat
89874
Jamiyat
73049
Jamiyat
//
Izoh yo‘q