
Jahon
Yevropa komissiyasi Xitoyga tegishli Temu onlayn-savdo platformasini raqamli qonunchilikni buzganlikda aybladi. Ayblov Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonun doirasidagi dastlabki tergov natijalariga asoslangan.
“Dalillar shuni ko‘rsatadiki, Temu platformasida noqonuniy mahsulotlarga duch kelish xavfi juda yuqori”, deyiladi bayonotda.
Xabarga ko‘ra, mazkur onlayn savdo tarmog‘i 2023-yilda Yevropa Ittifoqi hududida oyiga o‘rtacha 93,7 million foydalanuvchini jalb qilgan bo‘lib, Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunga muvofiq u “juda yirik onlayn platforma” sifatida ro‘yxatga olingan. Bu esa unga iste’molchilarni himoya qilish bo‘yicha qo‘shimcha majburiyatlarni yuklaydi.
Yevropa komissiyasi oktyabr oyida Temu'ning ish uslubi bo‘yicha rasmiy tergovni boshlaganidan so‘ng, bu onlayn platforma yana e’tibor markaziga tushdi.
Komissiyaning shikoyatlar ro‘yxatida asosiy e’tiroz shuki — Temu Yevropa Ittifoqi standartlariga javob bermaydigan mahsulotlarni eksport qilmoqda.
“Biz bozorimizda sotilayotgan mahsulotlar xavfsiz va qonunlarga mos deb ishonib, onlayn xarid qilamiz. Ammo dastlabki baholarimizga ko‘ra, Temu o‘z foydalanuvchilari uchun xavflarni Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonunda belgilangan darajada baholamayapti”, deydi Yevropa Komissiyasi vitse-prezidenti Henna Virkkunen.
Yevropa komissiyasi endilikda Temu'ni quyidagilarda ayblamoqda:
▪️ Soxta chegirmalar taklif qilish;
▪️ Soxta foydalanuvchi sharhlarini chop etish;
▪️ Sotuvchilar haqida yetarli ma’lumot bermaslik;
▪️ Foydalanuvchini o‘ziga bog‘lab qo‘yuvchi, qaramlik keltiruvchi ilova dizayni.
Temu bu ayblovlarga javob berish huquqiga ega. Biroq, agar komissiya xavotirlar saqlanib qolayotganini aniqlasa, DSA (Raqamli xizmatlar qonuni) buzilgan deb e’lon qilinishi va Temu yillik daromadining 6 foizigacha miqdorida jarimaga tortilishi mumkin. Hozircha yakuniy qaror qabul qilinmagan.
Temu vakili kompaniya Yevropa komissiya bilan to‘liq hamkorlik qilishda davom etishini bildirgan. Biroq komissiya vitse-prezident bunga quyidagicha munosabat bildirgan:
“Yevropa Ittifoqida onlayn xaridorlar xavfsizligi bo‘yicha muzokara bo‘lmaydi — bizning qonunlarimiz, jumladan Raqamli xizmatlar to‘g‘risidagi qonun internetdagi kuchli himoya uchun asosdir.”
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q