
Jamiyat
Vazirlar Mahkamasi qarori (23.07.2025-yil, 462-son) bilan ayollarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash va ularning bandligini oshirishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlar amalga oshiriladi.
Jumladan, ijtimoiy tashabbuslar moliyalashtiriladi.
Bunda “Ayollar daftari” jamg‘armasi orqali eng yaxshi ijtimoiy loyihalarga BHMning 60 barobarigacha mablag‘ ajratiladi. Faqat ishga tushirilgan loyiha kamida 3 ta ish o‘rnini yaratishi lozim.
Mablag‘lar xususiy shaxslarga uskunalar va xomashyo uchun, nodavlat-notijorat tashkilotlar uchun ishlab chiqarishni kengaytirish va ishtirokchilarni o‘qitish uchun ajratiladi.
Bundan tashqari, kam ta’minlangan ayollarga ijara to‘lovining 50 foizigacha kompensatsiya beriladi.
Bunda limitlar darajalanadi. Ya’ni:
▪️ BHMning 2 baravarigacha (respublika bo‘yicha);
▪️ BHMning 3 baravarigacha (Toshkent, Nukus va viloyat markazlarida).
“Ayollar daftari” jamg‘armasidan uy-joy ta’miri uchun mablag‘ ham beriladi.
Uning miqdori BHMning 30 baravaridan 50 baravarigacha bo‘ladi.
Shuningdek, 2025-yil 15-avgustdan Toshkent va Andijon viloyatlarida “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi orqali Yagona milliy ijtimoiy himoya tizimi asosida vaucher tizimi tajriba tariqasida yo‘lga qo‘yiladi.
Kam ta’minlanganlar reyestriga kiritilgan oilalar, xususan, oila a’zosi boshiga to‘g‘ri keladigan daromadi iste’mol xarajatlar minimumining 2 baravaridan kam bo‘lganlarga ijtimoiy yordam ko‘rsatiladi.
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q