Sherali Joʻrayev nomidagi musiqa va sanʻat oliy maktabi tashkil etiladi

Saqlash
09:15 / 29.07.2025 49 0

 

Prezident Shavkat Mirziyoyev madaniyat va sanʻat sohasida boshqaruvni takomillashtirish, hunarmandchilikni rivojlantirish boʻyicha takliflar taqdimoti bilan tanishdi.

 

Qayd qilinishicha, madaniyat sohasida boshqaruv va moliyalashtirishni takomillashtirish, bu borada ilgʻor xorijiy tajribani joriy etish koʻzda tutilmoqda. Xususan, madaniyat markazlarida davlat-xususiy sheriklik yoʻlga qoʻyilib, ijodiy ishlanmalarni ragʻbatlantiruvchi startap loyihalar amalga oshiriladi. Yoshlarda vatanparvarlik hissini kuchaytiruvchi, Oʻzbekiston brendini yaratuvchi tarixiy, ilmiy va animatsion milliy mahsulotlar qoʻllab-quvvatlanadi.

 

Oliy maktabda ilmiy-ijodiy laboratoriya tuzilib, Sherali Joʻrayev qoʻshiqlarining “oltin fondi” yaratiladi. Zamonaviy ovoz yozish va tasvirga olish studiyasi tashkil etilib, iqtidorli yosh ijodkorlar undan imtiyozli foydalanishi mumkin boʻladi.

 

Hududlarda simfonik orkestrlarni bosqichma-bosqich tashkil qilish rejalashtirilgan. Jumladan, Fargʻona viloyatida simfonik orkestr va milliy cholgʻular orkestri tuziladi. Ular zarur musiqa asboblari, ovoz kuchaytirish va yoritish uskunalari, sahna liboslari va boshqa anjomlar bilan taʻminlanadi.

 

Davlat rahbari milliy va jahon sanʻatining sara asarlarini aholiga chuqur yetkazish, tuman va shaharlarga gastrol safarlari uyushtirish zarurligini taʻkidladi.

 

Kelgusi 5-yilda kreativ iqtisodiyot hajmini 2 karra koʻpaytirish, yalpi ichki mahsulotdagi ulushini 5 foizga yetkazish maqsad qilingan.

 

Davlat rahbari sohada ilgʻor xorijiy tajribani bosqichma-bosqich joriy etish boʻyicha koʻrsatma berdi.

 

Taʻkidlanishicha, Botir Zokirov memorial muzeyini tashkil etish, Botir Zokirov nomidagi stipendiya joriy qilish, xalqaro estrada tanlovini oʻtkazish rejalashtirilgan. Institutning bakalavriat bosqichini tamomlagan eng faol bitiruvchilar chet elga magistraturada oʻqishga yuboriladi hamda iqtidorli talabalarning nufuzli xalqaro tanlovlarda ishtiroki qoʻllab-quvvatlanadi.

 

Andijon shahridagi sanʻat maktabi negizida Sherali Joʻrayev nomidagi musiqa va sanʻat oliy maktabi tashkil etiladi. Sherali Joʻrayev nomidagi milliy qoʻshiqchilik teletanlovi har yili oʻtkaziladi.

 

Taqdimotda hunarmandchilikni yanada rivojlantirishga qaratilgan takliflar koʻrib chiqildi. Jumladan, Buyuk Britaniya Qirollik fondi bilan hamkorlikda Toshkent shahrida akademik platforma yaratish rejalashtirilgan. U orqali magistrlar tayyorlash, tadqiqotlar oʻtkazish, oʻquv qoʻllanmalarini joriy etish yoʻlga qoʻyiladi. Bu platforma bilan 3 mingdan ziyod iqtidorli hunarmandlar bosqichma-bosqich qamrab olinadi. Keyinchalik uni amaliy sanʻat maktabiga aylantirish koʻzda tutilgan.

 

Sentyabr-noyabr oylarida Buxoroda birinchi zamonaviy sanʻat biyennalesi oʻtkaziladi. Unga 40 ta davlatdan 70 nafar mashhur rassom keladi.

 

Davlat rahbari madaniy turizmni rivojlantirishga katta turtki beradigan bunday yirik tadbirlarni yuqori saviyada tashkil qilish muhimligini taʻkidladi.

 

Nukusdagi “Istiqlol” bogʻini kreativ klasterga aylantirib, unda hunarmandlar va dizaynerlarga anʻanaviy bilim va innovatsion gʻoyalarni birlashtirgan holda taʻlim beradigan Orol maktabini tashkil qilish reja qilingan.

 

Mutasaddilarga loyihalarni sifatli bajarish va tadbirlarni yuqori saviyada oʻtkazish boʻyicha koʻrsatmalar berildi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

18:20 / 29.07.2025 0 204
Yer tomonga begona obyekt uchib kelmoqda

Jamiyat

17:07 / 29.07.2025 0 75
4 ta viloyatda sel xavfi e’lon qilindi

Jamiyat

14:44 / 29.07.2025 0 426
Shahnoza Mirziyoyeva yangi lavozimga saylandi

Jamiyat

14:21 / 29.07.2025 0 195
1-avgustdan pedagoglar oyligi qancha bo‘ladi?

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109271
72601

//