Rossiyaning Aeroflot aviakompaniyasi xakerlar hujumiga uchradi

Saqlash
17:55 / 28.07.2025 190 0

Rossiyaning yirik aviakompaniyasi Aeroflot xakerlar xakerlar hujumiga uchradi. Bu haqda RBK nashri xabar berdi. Oqibatda Aeroflot kompaniyasining qariyb 50 ga yaqin reysi bekor qilindi.

 

Xakerlik hujumini Silent Crow va Kiberpartizanlar (Киберпартизаны) guruhi xakerlari oʻz boʻyniga olgan: Silent Crow xakerlari mamlakatdan tashqarida faoliyat yurituvchi belorusyalik Kiberpartizanlar BY jamiyati aʼzolari bilan mazkur hujumga javobgar ekanini maʼlum qilgan.

 

Guruh xabarida aytilishicha, xakerlar bir yil davomida aviakompaniyaning korporativ tarmogʻi ichida boʻlib, “Parvozlar tarixi boʻyicha toʻliq maʼlumotlar bazasini yuklab olish” imkoniga ega boʻlgan.

 

Ular 7000 nafar jismoniy va virtual serverlarni yoʻq qilib, 20 Tb maʼlumotlarni qoʻlga kiritgan. Bundan tashqari, ular xodimlar va rahbarning shaxsiy kompyuteriga, shuningdek, muzokaralarning audio-yozuvlari va kuzatuv tizimiga kirish imkoniga ega boʻlgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

So‘nggi yangiliklar

Barchasi

Ilm-fan

21:00 / 18.08.2025 0 247
O‘zbekiston yoshlari Ginnes rekordini yangiladi

Jamiyat

16:48 / 18.08.2025 0 57
Prezident Olimpiya shaharchasiga tashrif buyurdi

Jamiyat

12:47 / 18.08.2025 0 92
Hafta davomida harorat pasayadi

Ko‘p o‘qilgan

Barchasi
109340
72685

//