
Jamiyat
O‘zbekistonda yangi turdagi temir yo‘l yuk vagonlarini ishlab chiqarish boshlanmoqda, deb xabar berdi O‘zbekiston temir yo‘llari matbuot xizmati.
Unga ko‘ra, Olmaliq quyuv-mexanika zavodi Olmaliq kon-metallurgiya kombinati bilan hamkorlikda yuk ko‘tarish quvvati 115 tonna bo‘lgan 6 o‘qli dumpkar vagonlarini mahalliylashtirgan bo‘lib, avgust oyida ularning seriyali chiqarilishi boshlanishi rejalashtirilgan.
Ushbu loyiha 2024-yil noyabr oyida o‘tkazilgan sanoat yarmarkasida OKMK, O‘TY va Andijon mexanika zavodi o‘rtasida imzolangan memorandum doirasida amalga oshirilmoqda.
Loyihaning umumiy qiymati 501,76 mlrd so‘mni tashkil etadi.
Shuningdek, Navoiyuran davlat korxonasi buyurtmasi asosida sulfat kislotasini tashish uchun mo‘ljallangan 15−9724 va 15−9724−04 rusumli temir yo‘l sisternalari ishlab chiqarilmoqda. 10 ta vagondan iborat birinchi partiya foydalanishga topshirildi, jami 45 ta vagon ishlab chiqarish rejalashtirilgan.
O‘zbekistonda ishlab chiqarilgan vagonlar ham eksport qilinmoqda. Xususan, Turkmanistonning Ege Logistika kompaniyasi umumiy qiymati $4,45 mln bo‘lgan 15−9721 neft mahsulotlarini tashish uchun 56 ta sisternani yetkazib berish bo‘yicha shartnoma tuzdi. Buyurtmachiga $477 minglik oltita vagon topshirilgan. Vagonlarning yana bir partiyasi turkmanistonlik tadbirkorga jo‘natiladi.
Shuningdek, Qozog‘istonning “Kazsink Temir Trans” kompaniyasi O‘zbekistonda qayta ishlangan oltin gugurt kislotasi tashuvchi 10 dona vagon-sisisternalar shartnomasi $301 mingga baholanmoqda.
Jahon
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q