Farzandiga nisbatan zo‘ravonlik qilgan erkak 12 ozodlikdan mahrum etildi

Saqlash
12:42 / 28.07.2025 178 0

Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent viloyati tumanlaridan biridagi oila holatini o‘rganish jarayonida qizaloqqa nisbatan otasi tomonidan zo‘ravonlik sodir etilganini aniqladi. Bu haqda Agentlik matbuot xizmati xabar berdi.

 

Axborot matnida keltirilishicha, Agentlikning ijtimoiy xodimi oilanning ijtimoiy maqomini belgilash va ehtiyojmandlar ro‘yxatiga kiritish maqsadida oila a’zolarini tibbiy ko‘rikdan o‘tkazishga yuboradi. Bu ko‘rik bo‘lsa qizaloq avval ayta olmagan voqealarni ochiqlashga turtki bo‘lib, rasmiy tergov jarayonini boshlashga asos bo‘lgan.

 

Xavfsizlikni ta’minlash maqsadida qizaloq vaqtincha oilaviy bolalar uyiga joylashtirilib, kompleks baholash natijasida onasi qaromog‘iga topshirilgan. Hozirda qiz doimiy himoya ostida bo‘lib, tiklanish jarayonidan o‘tmoqda. Unga tibbiy, psixologik va ijtimoiy yordam ko‘rsatilmoqda.

 

Ijtimoiy himoya milliy agentligi jabrlangan bolaga har tomondan ko‘mak ko‘rsatib, tegishli xizmatlar faoliyatini muvofiqlashtirdi. Natijada, qiz himoyaga olinib, aybdor qonunan jazoga tortildi.

 

Sud qaroriga ko‘ra, 24-iyul kuni erkak o‘z farzandiga nisbatan og‘ir jinoyat sodir etganlikda aybdor deb topilgan. Sud tomonidan unga O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 118-moddasi, 3-qismi, “a”, “b”, “e” bandlari asosida 12 yil ozodlikdan mahrum etish jazosi tayinlandi.

 

 

Agentlik axborot matni so‘ngida har bir bolaning manfaatlarini himoya qilish uchun xizmat qilishini eslatib o‘tgan.

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//