
Jamiyat
2025-yil 2-avgust sanasidan boshlab Toshkent metropolitenining 6 ta bekatdan iborat “Texnopark – Yangiobod” bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish uchun to‘xtatiladi. Bu haqda “Toshkent metropoliteni” DUK xabar berdi.
Bir necha yildan buyon yo‘lovchilarga xizmat ko‘rsatib kelayotgan Yer usti halqa yo‘nalishidagi 14 ta bekatdan iborat “Texnopark – Qipchoq” bekatlari va bekatlar oralig‘ida metro poyezdlar harakati va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash hamda sifatli xizmat ko‘rsatish maqsadida, yer usti estakadalari va bekatlari ma’lum muddat foydalangandan so‘ng, rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish lozim.
Rejali profilaktik ishlarni amalga oshirish uchun 2025-yil 2-avgust sanasidan boshlab, 6 ta bekatdan iborat “Texnopark – Yangiobod” bekatlari oralig‘ida metro poyezdlar harakati to‘xtatiladi.
Toshkent metropoliteni yo‘lovchilarga noqulaylik hosil qilmaslik maqsadida, “Texnopark-Qipchoq-Texnopark” metro bekatlari oralig‘ida bepul xizmat ko‘rsatuvchi katta sig‘imli avtobuslar (metrobus) harakati yo‘lga qo‘yiladi. Ushbu avtobuslarning kunlik ish vaqti tonggi 05:00 dan tungi 23:00 ga qadar amalga oshiriladi.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q