
Jamiyat
Qurilishi to‘xtatilgan obyektlarning eng ko‘pi Yangihayot tumaniga to‘g‘ri kelmoqda.
So‘nggi oylarda Toshkentda ayrim quruvchilar tomonidan qurilish me’yorlari va qonunchilik talablari buzilishi holatlari ko‘plab aniqlandi.
Shahar hokimligining ma’lum qilishicha, ba’zilari zarur ruxsat beruvchi hujjatlar, ekspertiza xulosalari va texnik ma’lumotnomalarni olmasdan qurilishni boshlab, fuqarolarga noqonuniy ravishda uy-joy sotishga uringan.
“Bunday xatti-harakatlar natijasida ayrim yurtdoshlarimiz vijdonsiz kompaniyalarga ishonib, jamg‘armalarini yo‘qotib, uy-joysiz qolmoqda”, deyiladi xabarda.
Ta’kidlanishicha, poytaxtning bir qator tumanlarida to‘liq hujjatlar to‘plamiga ega bo‘lmagan 59 ta obektda qurilish ishlari butunlay to‘xtatilgan hamda obektlar elektr ta’minotidan uzib qo‘yilgan.
Bular, tumanlar kesimida:
▪️ Olmazor tumanida – 5 ta;
▪️ Chilonzor tumanida – 5 ta;
▪️ Mirobod tumanida – 8 ta;
▪️ Mirzo Ulug‘bek tumanida – 7 ta;
▪️ Sergeli tumanida – 3 ta;
▪️ Uchtepa tumanida – 2 ta;
▪️ Yakkasaroy tumanida – 2 ta;
▪️ Yangihayot tumanida – 17 ta;
▪️ Yashnobod tumanida – 3 ta;
▪️ Yunusobod tumanida – 4 ta;
▪️ Bektemir tumanida – 3 ta.
Hozirda qurilish maydonlarida nazorat va monitoring ishlari davom ettirilmoqda. Hokimlik har bir qonunbuzarlik holati bo‘yicha qonuniy choralar ko‘rilishini bildirdi.
Shuningdek, hokimlik uy-joy xarid qilmoqchi bo‘lgan fuqarolarni ogohlikka chaqirdi. Bunda:
▪️ sotib olayotgan ko‘chmas mulkka oid barcha hujjatlarning asl nusxalarini (kadastr, ekspertiza xulosalari va kengash qarorlari, texnik ko‘rik dalolatnomasi) talab qilish va ularni sinchkovlik bilan tekshirish;
▪️ sotuvchilarga pulni naqd yoki norasmiy yo‘llar bilan bermaslik, shartnomaning barcha bandlarini diqqat bilan o‘rganib chiqish;
▪️ quruvchi yoki obyektning qonuniyligi xususida ozgina shubha tug‘ilsa, shuningdek, kompaniya hujjatlarni taqdim etishni paysalga solsa, Toshkent shahar hokimligining rasmiy botiga murojaat etish tavsiya etildi. Murojaat botida obyektning qonuniy maqomi haqida ma’lumot beriladi.
“Toshkent shahar hokimligi qurilish talablarining har qanday buzilishiga va fuqarolar manfaatlariga zarar yetkazuvchi harakatlarga nisbatan qat’iy va murosasiz choralar ko‘radi”, deyiladi xabarda.
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q