Bugun respublika bo‘ylab nisbatab salqin havo kuzatiladi

Saqlash
10:41 / 27.07.2025 55 0

Bugun respublika bo‘ylab havo harorati nisbatan salqinroq bo‘ladi. Bu haqda Uzgidromet bergan xabarda qayd etilgan.

 

Kunduzi O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi, shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat 33-38° bo‘ladi.

 

Poytaxtda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 35-37° bo‘ladi.

 

Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 25-30° bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//