
Jamiyat
24-25-iyul kuni Toshkent shahrining bir necha tumanlarida elektr energiyasi uzilish holatlari kuzatildi. Holat yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi mutaxassislarni jalb etgan holda vaziyatni oʻrgandi. “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” boshligʻi va 11 nafar tuman elektr taʼminoti korxonalari rahbarlari intizomiy javobgarlikka tortildi. Bu haqda UzA xabar berdi.
Qayd etilishicha, bugungi kunda poytaxtda 823 mingdan ortiq elektr energiyasi isteʼmolchilari bor. Bu 2024-yilga nisbatan 47,6 ming, joriy yil boshiga nisbatan 21 mingtaga koʻpayganini bildiradi.
Oʻrganish davomida poytaxtdagi elektr energiyasi taʼminoti bilan bogʻliq avariyalar va tarmoqlarda kuchlanishning pasayib ketishi ortidan “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MChJ boshligʻi va 11 nafar tuman elektr taʼminoti korxonalari boshliqlari, 13 nafar tuman korxonasi bosh muhandislari, 3 nafar tuman korxonasi dispetcherlik xizmati xodimlari — jami 28 nafar mansabdor shaxs intizomiy javobgarlikka tortildi.
Bosh prokuratura oʻrganishlari davomida “Toshkent shahar elektr tarmoqlari” MCHJda quyidagicha tizimli muammolar borligini aniqlagan:
Shtat yetarli yemas. Jamiyatning 410 nafar ishchi-xodimdan iborat 78 ta avariya brigadasi, 34 ta maxsus avtotransport vositasi yuzaga kelayotgan avariya holatlarini bartaraf etish uchun yetarli emas. 35 ta shtat birliklariga ehtiyoj mavjud.
Kadrlar qoʻnimsizligi. Soʻnggi uch yilda jamiyatda faoliyat yuritib kelayotgan xodimlarning 30 foizi ish haqining kamligi va ish hajmining kattaligi sababli tizimdan boʻshagan. Shundan 228 nafari yoki 45 foizi aynan ekspluatatsiya xizmati mutaxassislarini tashkil etadi.
Tarmoq modernizatsiyaga muhtoj. 9 749 kilometrdan ortiq elektr tarmogʻining 2 540 kilometr yoki 26 foizi taʼmirtalab ahvolda, mavjud 90 ta podstansiyaning 9 tasi modernizatsiya qilinishi, 2 tasining quvvati oshirilishi lozim.
Maxsus laboratoriyalar ahvoli ogʻir. Mavjud 11 ta maxsus laboratoriya avtomashinasining 6 tasi zamon talablariga javob bermaydi, shundan tungi vaqtda bor-yoʻgʻi ikkitasi navbatchi sifatida oʻz xizmatini oʻtamoqda. Bu bir vaqtning oʻzida bir nechta hududda oʻchishlar sodir boʻlgan taqdirda qisqa muddatda avariyani aniqlash va toʻliq bartaraf etish imkoni bermayapti.
Call-markazga ulanishda katta navbat. Hozirda tizimdagi 1154-raqamli CALL-markaz orqali murojaatlarni qabul qiluvchi operatorlar 5 nafarni tashkil etadi. Shu sababli operator bilan ulanish uchun 60-70 tagacha navbat yuzaga kelgan. Oʻrganish natijasida markazga qoʻshimcha 10 nafar operator biriktirildi.
Isteʼmolchilarni ogohlantirish. Cheklovlar va avariyalar haqida isteʼmolchilarni vaqtida xabardor qilish ham talab darajasida tashkil etilmagan. Iyul oyining 23 kunida 64 ta avariya boʻyicha isteʼmolchilar ogohlantirilmagan, 112 tasi boʻyicha esa kech ogohlantirilgan.
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q