Jamiyat
Toshkent viloyati jinoyat ishlari bo‘yicha Oqqo‘rg‘on tuman sudida qum-shag‘al aralashmasini noqonuniy qazib olgan korxona rahbari ishi ko‘rib chiqildi, deb xabar bermoqda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi.
2024-yilning noyabr oyida Chirchiq daryosining qirg‘og‘idan ekskavator yordamida qum-shag‘al aralashmasi “G.S.” MCHJga tegishli tosh maydalash sexiga olib borib to‘kilayotgani aniqlangandi.
Sud tomonidan korxona rahbari S.I. Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan aybdor deb topilib, uzil-kesil o‘tash uchun 6 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi. Jazoni umumiy tartibdagi koloniyalarda o‘tash belgilandi.
Shuningdek, huquqbuzardan davlat foydasiga jami 552 mln 153 ming so‘m moddiy zarar va 38 mln 280 ming so‘m jarima undirilishi belgilandi.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112433
Jamiyat
95094
Jamiyat
91315
Jamiyat
76012
Jamiyat
//
Izoh yo‘q