Dam olish kunlari harorat sezilarli darajada salqinlashadi

Saqlash
12:32 / 25.07.2025 35 0

Yakshanba kuni havo sezilarli darajada salqinlashadi. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar bermoqda.

 

Issiq biroz pasayishiga qaramay, bugun va ertaga O‘zbekiston hududi bo‘yicha kunduz kunlari +38...+40 daraja atrofida, respublika janubida +41...+43 darajagacha bo‘lgan nisbatan yuqori havo harorati saqlanib turadi.

 

Yakshanba kuni havo sezilarli darajada salqinlashadi, harorat +34...+37 darajagacha, janubda +38...+39 darajagacha pasayadi.

O‘zbekistonning barcha hududlari bo‘yicha yog‘ingarchilik kutilmaydi.

 

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 metr/soniyagacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Toshkent shahrida havo biroz bulutli, vaqti-vaqti bilan o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol birozdan o‘rtacha tezlikgacha esadi. Harorat kunduz kunlari 25–26 iyulda +38...+40 daraja, 27 iyulda +35...+37 daraja, kechalari esa asosan +22...+25 daraja bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//