
Jamiyat
Kuni kecha ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri Mirobod tumanidagi Yangi Mirobod mahallasida qurilish boshlanib, u yerdagi katta yashil hudud yo‘qolgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Tarqalgan fotosuratlarda ushbu joyning avvalgi va hozirgi holati solishtirilgani, yashil maydon esa keskin kamaygani ko‘zga tashlanadi.
Mazkur holat yuzasidan Ekopartiya deputati Navro‘zbek Yusupov tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuratura hamda Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga deputatlik so‘rovi yuborildi.
“Davlat o‘rmon fondiga kirmaydigan daraxtlar va butalar qimmatbaho navlarining kesilishiga moratoriy o‘rnatilganiga qaramay, ming afsuski hamon qurilish jarayonlarida daraxtlarni kesish holatlari to‘xtamayapti.
Ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahri, Mirobod tumani, Yangi Mirobod mahallasi, Avliyoota ko‘chasi 124-uy manzilida yashillik va daraxtzorlar yo‘qolib, o‘rniga tuproq yer yuzaga kelganligi hamda ushbu manzilda qurilish ishlari amalga oshirilayotganligi yuzasidan ma’lumotlar tarqalmoqda.
Xabarlarga ilova qilingan fotosuratlarda ushbu yer uchastkasining oldingi va hozirgi holati aks etgan bo‘lib, unda hududdagi yashillik keskin kamayib ketganini ko‘rish mumkin”, deyiladi O'zbekiston Ekologik partiyasining rasmiy kanalida.
Bundan tashqari, so‘rovda hududdagi daraxtlar xatlovdan o‘tkazilgani, daraxtlarni yo‘q bo‘lganlik holati nima bilan izohlanishi, yer uchastkasi tadbirkorlik subyektiga ajratilishida yer qonunchiligi talablariga rioya etilgani, qurilishning amalga oshirilishi Toshkent shahrining 2045-yilgacha bo‘lgan davrga mo‘ljallangan bosh rejasiga muvofiqligi, qurilish jarayonida daraxtlar kesilishining oldini olish va saqlab qolish bo‘yicha chora-tadbirlar amalga oshirilgani haqida savollar ham keltirilgan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q