
Jamiyat
O‘zbekistonda 1-avgustdan chiqindi xizmatlaridan qarzdorlar uchun elektr to‘loviga cheklov kuchga kiradi. Senatorlar buni joriy etishda yuzaga keladigan ayrim muammolarga e’tibor qaratdi.
Qonunga muvofiq, maishiy chiqindilar xizmati uchun majburiy to‘lov bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lgan taqdirda, iste’molchi mazkur qarzdorlik haqida SMS orqali ogohlantirilganidan so‘ng 5 kun ichida qarzdorlikni bartaraf etmasa, elektr energiyasi bo‘yicha to‘lovlarni qabul qilish vaqtinchalik to‘xtatilishi nazarda tutilgan.
Biroq senatorlarning bildirishicha, “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning “HET” ilovasida aholi tomonidan maishiy chiqindi xizmati bo‘yicha qarzdorlik haqidagi ma’lumotlar aks etmayotgani, “Toza makon” elektron billing tizimi bilan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJning billing tizimi o‘rtasida to‘liq integratsiya ta’minlanmagani, shuningdek, ayrim iste’molchilarda chiqindi xizmati bo‘yicha shartnoma mavjud emasligi hamda abonent hisobraqamlarida noaniqliklar jamoatchilikda tashvish tug‘dirmoqda.
Yuqoridagi holatlardan kelib chiqib, Senatning Agrar, suv xo‘jaligi masalalari va ekologiya qo‘mitasi tomonidan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligiga hamda Energetika vazirligiga ma’lumotlar almashinuvi jarayonida yuzaga kelayotgan muammolar yuzasidan aniq ma’lumot va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy takliflar taqdim etish so‘raldi.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q