
Jamiyat
Andijon viloyati IIB ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan Andijon shahridagi Aslzade boutique kiyim do‘koni egasi bo‘lgan ayol boshqa bir ayolga nisbatan zo‘ravonlik ishlatayotgani aks etgan videolar yuzasidan munosabat bildirdi. Ushbu ish yuzasidan zo‘ravonlik qilgan ayolga jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Qayd etilishicha, videodagi holatlardan biri 2024-yilning 15-dekabr kuni sodir bo‘lgan va o‘zaro qarz masalasi sababli kelib chiqqan. Shaharning Hunarmand mahallasidagi kiyim do‘koni egasi 33 yoshli A.P. qo‘l ostida sotuvchi bo‘lib ishlovchi 20 yoshli S.S.ga nisbatan tazyiq va zo‘ravonlik kabi xatti-harakatlarni sodir etgan.
IIBga ko‘ra, jabrlanuvchi unga nisbatan bo‘lgan tazyiq va zo‘ravonlik holati yuzasidan ilgari IIOga yoki yaqinlariga xabar bermagan.
Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 138-moddasi 2-qismi (Zo‘rlik ishlatib g‘ayriqonuniy ravishda ozodlikdan mahrum qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Ushbu modda bilan aybdor deb topilganlar 3 yildan 5 yilgacha ozodlikni cheklash yoxud 3 yildan 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Do‘kon egasi protsessual tartibda ushlandi. Tergov ishi Andijon viloyati prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan.
Boshqarma ushbu suratdagi fuqaroning noqonuniy xatti-harakatlaridan jabrlanganlar 102 qisqa raqamiga, Andijon shahri bo‘yicha IIO FMBning telefon raqamiga — 74 223 59 52 yoki yaqin oradagi IIBga murojaat qilishlarini so‘radi.
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q