Oy oxirigacha jazirama saqlanib qoladi

Saqlash
18:38 / 21.07.2025 68 0

O‘zgidromet 30-iyulgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotini e’lon qildi.

 

Jumladan, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm viloyatida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 23–26-iyulda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi +22– +27°, kunduzi 23–25-iyulda +37– +42°, 26–30-iyulda +34– +39° bo‘ladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 23–26-iyulda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 23–28-iyulda 24– +29°, 29-30 iyulda 23-28°, kunduzi 23–26-iyulda +38– +43°, 27–30-iyulda +35– +40° bo‘ladi.

 

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 23–26-iyulda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 23–28-iyulda +23– +28°, 29-30-iyulda +22– +27°, kunduzi 23–26-iyulda +36– +41°, 27-28-iyulda +35– +40°, 29-30-iyulda +34– +39° bo‘ladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 23–26 iyulda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayadi, chang-to‘zonlar bilan kuzatiladi. Harorat kechasi 23–28-iyulda +25– +30°, 29-30-iyulda +23– +28°, kunduzi 23–27 iyulda +38– +43°, 28–30 iyulda +37– +42° bo‘ladi.

 

Andijon, Namangan, Farg‘ona viloyatlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 5–10 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi 23–27-iyulda +23– +28°, 28–30-iyulda +22– +27°, kunduzi 23-iyulda +36– +41°, 24–28-iyulda +35– +40°, 29-30-iyulda +33– +38° bo‘ladi.

 

Respublikaning tog‘li hududlarida havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7–12 m/s tezlikda esadi, 23–26-iyulda ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi 23–27-iyulda +19– +24°, 28–30-iyulda +17– +22°, kunduzi 23–26-iyulda +28– +33°, 27–30 iyulda +25– +30° bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//