
Madaniyat
19-iyul kuni Kinematografiya agentligi buyurtmasiga binoan Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi va Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamkorligida Oʻzbekfilm davlat unitar korxonasi tomonidan suratga olingan “Mening mahallam” musiqali komediya filmining yopiq premyerasi boʻlib oʻtdi.
Filmda oʻzbek xalqiga xos mehr-oqibat, hamjihatlik, qiyin va quvonchli kunlarda bir-biriga yelkadosh boʻlish kabi yuksak insoniy fazilatlar yorqin tasvirlangan.
Filmda senariy mualliflari – Xurshid Doʻstmuhammad, Abduhalil Mignarov, postanovkachi rejissyor – Abduhalil Mignarov, postanovkachi operator – Muzaffar Yusupov, postanovkachi rassom – Muhammadali Rahimov, film direktori – Farxod Usmonov.
“Mahalla bu vatan ichidagi kichik bir vatan. Mana shu kichik vatan ichida boʻlib oʻtayotgan turli, oʻzimizga juda tanish boʻlgan voqealar filmda aks etadi. U yerda mehr, oqibat, har xil yaxshiliklar va yomonliklarni ham kulguli voqealar orqali filmda koʻrsatishga harakat qildim” — deydi film rejissyori Abduhalil Mignarov.
“Qisqacha aytganda, juda yoqimli taassurotlar boʻldi. Bu portner bilan ham birinchi ishimiz boʻldi. Biz qaysidir maʼnoda sevgi hech qachon sinovsiz berilmasligini yana bir bor isbotlashga harakat qildik” — deya aktyor Abdurasul Ibrohimov taassurotlari bilan boʻlishdi.
Katta premyera 26-iyul kuni boʻlib oʻtishi rejalashtirilmoqda.
Jamiyat
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q