Sport
Gruziyaning Batumi shahrida ayollar o‘rtasida bo‘lib o‘tayotgan FIDE Jahon kubogi bahslarida Umida Omonova musobaqa tarixida rekord natija ko‘rsatdi.
19 yoshli o‘zbekistonlik shaxmatchi dunyo reytingi bo‘yicha 90-o‘rinni egallab turgan bo‘lishiga qaramay, Jahon kubogining 1/8 finaligacha yetib bordi va bu natija orqali eng past reyting bilan Jahon kubogi 1/8 finaliga yo‘l olgan shaxmatchiga aylandi.
Ma’lumot uchun, Omonova dastlabki uchta o‘yinda fransiyalik Sofi Mile, polshalik Alina Kashlinskaya va qozog‘istonlik Elnaz Kaliaxmetlarni taslim etgan.
Keyingi, to‘rtinchi bosqichda u dunyo reytingida 3-o‘rinni egallab turgan Tingji Liga qarshi bahs yuritdi va imkoniyatni boy berdi.
Umida Omonova ushbu musobaqada 9500 AQSH dollari ishlab oldi.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112433
Jamiyat
95094
Jamiyat
91315
Jamiyat
76012
Jamiyat
//
Izoh yo‘q