Jamiyat
Xitoyda bo‘lib o‘tgan “O‘tkir tig‘–2025” xalqaro snayperlar musobaqasida O‘zbekiston Milliy gvardiyasi merganlari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Xalqaro snayperlar musobaqasida 25 ta davlatdan jami 45 ta jamoa ishtirok etgan.
Bellashuvlar 4 ta yo‘nalishda bo‘lib o‘tgan. Har bir yo‘nalish bo‘yicha o‘rinlar alohida belgilangan.
Mazkur musobaqada O‘zbekiston Milliy gvardiyasi jamoasi bellashuvlarning eng murakkabi, yuqori jangovar shaylik va mohirlikni talab qiluvchi 2 ta sharti bo‘yicha (xususan, majmuaviy merganlar mashqi va shahar sharoitida baland binodan otish mashqi) rekord natija qayd etgan.
Qolgan yo‘nalishlar(yakkalik hamda ekstremal merganlik mashqlari)da ham o‘zbekistonlik merganlar sovrinli o‘rinlarni egallab, musobaqa yakuniga ko‘ra 8 ta medal, 10 ta diplom va qimmatbaho sovg‘alar shuningdek, Musobaqa kubogini qo‘lga kiritgan.
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
109714
Jamiyat
94095
Jamiyat
89878
Jamiyat
73073
Jamiyat
//
Izoh yo‘q