Jamiyat
FVV axborot xizmatining yozishicha, bugun Toshkent shahar FVBga Olmazor tumani, Uzumbog‘ ko‘chasida havodan oltin gugurt hidi kelayotgani haqida xabar kelib tushgan. Shu bilan birga, ijtimoiy tarmoqlarda ham bunday xabarlar keng tarqalgan.
Xabarga asosan, zudlik bilan Toshkent shahar FVBning Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik himoya bo‘limlari aytilgan manzilga yetib borgan.
Birlamchi ma’lumotlarga ko‘ra, omborxonada joylashgan sig‘imdan perekis vodorod moddasi ochiq havoga sizib chiqishi kuzatilgan.
Tongi soat 3:19 da berilgan xabarda vaziyat to‘liq nazoratga olingani, barcha tegishli xizmatlar voqea joyida hamkorlikda ish olib borilayotgani ma’lum qilingan.
Keyinchalik berilgan qo‘shimcha ma’lumotda Toshkent shahar FVB Radiatsion, kimyoviy va tibbiy-biologik himoya bo‘limlari tomonidan ushbu holat soat 04:00 da to‘liq bartaraf etilgani aytildi.
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112433
Jamiyat
95094
Jamiyat
91315
Jamiyat
76012
Jamiyat
//
Izoh yo‘q