
Jamiyat
“Nihol” mukofoti sovrindori Guljahon Xolxo‘jayeva mualliflik huquqlarini buzganligi uchun jarimaga tortildi, deb xabar berdi Adliya vazirligi.
Ma’lum bo‘lishicha, “Salomiy” taxallusi bilan tanilgan shoir Abdusaid Abdusalomov o‘ziga tegishli “Senmiding” nomli she’ridan ruxsatisiz foydalangani uchun huquqbuzarga tegishli chora ko‘rilishini so‘rab murojaat qilgan.
Vazirlik mazkur murojaatni o‘rganib chiqqan.
O‘rganish mobaynida O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yulduz Usmonova ijrosidagi “Senmiding” nomli qo‘shiq she’ri, xonanda Guljahon Xolx ’jayeva tomonidan muallif ruxsatsiz foydalanganligi aniqlangan. Holat yuzasidan huquqbuzarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 177 prim 1-moddasi bilan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli sudga yuborilgan.
Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudining qaroriga ko‘ra, huquqbuzarga nisbatan MJtKning 177 prim 1-moddasining birinchi qismi bilan jarima jazosi tayinlangan.
Ma’lumot uchun, qonunchilikka muvofiq muallif huquqbuzardan zarar qoplanishi o‘rniga bazaviy hisoblash miqdorining 20 baravaridan 1000 baravarigacha miqdorda tovon to‘lashini talab qilishga haqli hisoblanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q