Xalqaro matematika olimpiadasida eng yaxshi natija qayd etildi

Saqlash
12:10 / 19.07.2025 56 0

O‘zbekiston terma jamoasi a’zolari Avstraliyada bo‘lib o‘tayotgan 66-Xalqaro Matematika Olimpiadasida ishtirok etib, o‘z tarixidagi eng yaxshi natijani qo‘lga kiritdi.

 

Umumiy hisobda jamoa hisobiga 4 ta kumush, 1 ta bronza medal olib kelgan o‘quvchilar quyidagicha:

▪️ Elbek Zohidjonov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi (kumush medal);

 

▪️ Asadbek Boboqulov – “Artel Technical School” NTMning 11-sinf o‘quvchisi (kumush medal);

 

▪️ Rasulbek G‘afforov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 10-sinf o‘quvchisi (kumush medal);

 

▪️ Behruz Elmurodov – Mirishkor tuman 21-maktab, 11-sinf o‘quvchisi (kumush medal);

 

▪️ Ozodbek Axtamov – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, 11-sinf o‘quvchisi (bronza medal);

 

▪️ Umarbek Ubaydullayev – Sergeli tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, 7-sinf o‘quvchisi (Honourable mention).

 

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda xalqaro fan olimpiadalarida sovrindor bo‘lgan o‘quvchilar quyidagicha taqdirlanadi:

2-o‘rin uchun:

➖ o‘quvchilarga — 562 mln 500 ming so‘mdan (BHMning 1 ming 500 baravari);

 

3-o‘rin uchun:

➖ o‘quvchilarga — 375 mln so‘m (BHMning 1 ming baravari).

 

Eslatib o‘tish lozim, O‘zbekiston terma jamoasi 2024-yilgi Xalqaro Matematika Olimpiadasida jami 2 ta kumush, 3 ta bronza medalini qo‘lga kiritgan edi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//