Bakalavr va magistrlar tayyorlash bo‘yicha davlat granti tasdiqlandi

Saqlash
11:43 / 19.07.2025 69 0

Kecha, 18-iyul kuni “Davlat oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlarini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Prezident farmoyishi qabul qilindi.

 

Farmoyish bilan 2025/2026 o‘quv yili va kelgusi 3 o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim tashkilotlariga davlat buyurtmasi asosida o‘qishga qabul qilish davlat buyurtmasi parametrlari tasdiqlandi.

 

Bunda:

 

🔵 bakalavriat bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

 

▪️ 2025/2026 o‘quv yili uchun – 35 500 ta;

▪️ 2026/2027 o‘quv yili uchun – 36 023 ta;

▪️ 2027/2028 o‘quv yili uchun – 36 460 ta;

▪️ 2028/2029 o‘quv yili uchun – 36 761 ta.

 

🔵 magistratura bosqichiga kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha:

 

▪️ 2025/2026 o‘quv yili uchun – 9 922 ta;

▪️ 2026/2027 o‘quv yili uchun – 10 191 ta;

▪️ 2027/2028 o‘quv yili uchun – 10 477 ta;

▪️ 2028/2029 o‘quv yili uchun – 10 784 ta.

 

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi:

 

✔️ respublikada faoliyat yuritayotgan xorijiy oliy ta’lim tashkilotlari va ularning filiallari hamda nodavlat oliy ta’lim tashkilotlariga ajratilgan 1 320 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan;

 

✔️ davlat oliy ta’lim tashkilotlarida o‘qish istagini bildirgan, xorijda istiqomat qilayotgan yosh vatandoshlar uchun 30 ta davlat grantining ta’lim yo‘nalishlari kesimidagi taqsimoti bo‘yicha;

 

✔️ Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi bilan birgalikda xotin-qizlar uchun ajratilgan 4 000 ta davlat grantining taqsimoti yuzasidan takliflarni Davlat komissiyasiga taqdim etadi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//