Dam olish kunlari ham jazirama ob-havo davom etadi

Saqlash
14:50 / 18.07.2025 44 0

Dam olish kunlari O‘zbekiston hududiga janubdan juda issiq va quruq havo oqimlari kirib kelishi davom etadi, deb xabar bermoqda “O‘zgidromet”.

 

Prognozlarga ko‘ra, 18–20-iyul kunlari kunduzi harorat 40-43 darajagacha, janubda va cho‘l hududlarda 44-45 darajagacha ko‘tariladi.

 

Faqat respublikaning shimoli-g‘arbiy hududlarida dam olish kunlari issiq biroz pasayishi kutilmoqda. Yakshanba kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida harorat kunduzi 35-38 darajani tashkil etadi.

 

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13-18 metr/sekundgacha kuchayishi, chang-to‘zon bilan kuzatilishi mumkin.

 

Toshkentda asosan bulutsiz ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kechalari 24-27 daraja, kunduz kunlari 40-43 daraja atrofida bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//