
Jamiyat
Vazirlar mahkamasining 10-iyuldagi qarori bilan 2025−2026-yillarda sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha ustuvor loyihalar ro‘yxati tasdiqlandi.
Hujjat “2025−2026-yillarda sun’iy intellekt texnologiyalari sohasidagi ustuvor loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” deb nomlanadi.
SI texnologiyalari bo‘yicha ustuvor loyihalar ro‘yxatida Raqamli texnologiyalar vazirligi tizimiga kiruvchi tashkilotlar tomonidan 64 ta loyiha mavjud, boshqa vazirlik va idoralar tomonidan — 22 ta loyiha bor.
Xususan, ustuvor loyihalar qatorida farmatsevtika preparatlari bozori ehtiyojlarini tahlil qilish va prognoz qilish uchun dasturiy ta’minot ishlab chiqish, klinik qarorlar qabul qilishni avtomatlashtirish va tibbiy yordam sifatini oshirish uchun sun’iy intellektga asoslangan raqamli tibbiy yordamchi dasturiy ta’minotini ishlab chiqish bor.
Quyosh panellarini joylashtirishning mavjud sxemalarini va o‘rnatish uchun yuqori samarali joylarni aniqlashda kosmik monitoringda sun’iy intellektdan foydalanish, tanlangan hududlarda tajriba loyihasini amalga oshirish ham rejalashtirilmoqda.
Loyihalardan yana biri — Toshkent temiryo‘l vokzallariga kirish joylarida UzFace fuqarolarni aniqlash tizimini sinov tariqasida joriy etish.
Qarorga ko‘ra, Raqamli texnologiyalar vazirligi 2026-yil 1-iyunga qadar Toshkent shahridagi Inha universiteti uchun parallel hisoblash, mashinali o‘rganish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy etish bo‘yicha boshqa loyihalar uchun yuqori unumli hisoblash klasteri hamda katta ma’lumotlar bazalari uchun uskunalar, shu jumladan, grafik protsessorlar (GPU) xarid qilinishini ta’minlashi lozim.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q