
Jamiyat
2025-yil 16-iyul kuni ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq shahridagi xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida bolaga nisbatan zo‘ravonlik holati bo‘yicha xabar tarqaldi. Ushbu holat bo‘yicha Ijtimoiy himoya milliy agentligi munosabat bildirdi.
Aniqlanishicha, 2025-yil 17-iyul kuni fuqaro R.M.M. tomonidan “102” raqami orqali murojaat qilingan. U o‘z murojaatida qizi M.O.M. “Neo Kids” nomli xususiy maktabgacha ta’lim muassasasida kaltaklanganini, bolaning yuzida shish va ko‘karishlar borligini ma’lum qilgan.
Shu kuniyoq ichki ishlar, mahalla, ijtimoiy xodim va ta’lim idoralari vakillaridan iborat maxsus guruh ushbu muassasada o‘rganish ishlarini amalga oshirdi. Unga ko‘ra, 2025-yil 16-iyul kuni mazkur muassasada tarbiyachi Q.G.M. tomonidan voyaga yetmagan M.O.M.ga tan jarohati yetkazilgani tasdiqlandi.
Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari boshlandi. Sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi, jarayon to‘liq huquqiy tartibda olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q