
Jamiyat
Raqobat qoʻmitasi tomonidan oʻtkazilgan oʻrganishlar natijasida umumiy qiymati 43 mlrd soʻmga yaqin boʻlgan davlat xaridlarida raqobatga zid holatlar aniqlanib, buyurtmachilar tomonidan tanlovlar bekor qilindi.
Xususan:
Andijon viloyatida Ijtimoiy qoʻllab-quvvatlash markazi tomonidan 11 mln soʻmlik “Choyshab va koʻrpa xaridi” boʻyicha oʻtkazilgan tanlovda ishtirokchilar noxolis baholangani aniqlangan. Natijada tanlov ixtiyoriy ravishda bekor qilindi.
Jizzax viloyatida Futbol akademiyasi tomonidan 1,76 mlrd soʻmlik autsorsing xizmatlari xaridi boʻyicha tanlovda raqobatni cheklovchi talablar belgilangan. Buyurtmachi tanlovni oʻz ixtiyori bilan bekor qilgani sababli ish yuritish tugatildi.
Qashqadaryo viloyatida Qamashi tuman obodonlashtirish boshqarmasi tomonidan 1,1 mlrd soʻmlik avtogreyder xaridi boʻyicha oʻtkazilgan tanlovda baholash mezonlari mavjud emasligi va ishtirokchilar noxolis baholangan holatlar qayd etildi. Savdo buyurtmachi tomonidan bekor qilindi.
Samarqand viloyatida 8 ta tashkilot tomonidan umumiy qiymati 12,4 mlrd soʻmlik xaridlarda raqobat qonunchiligiga zid holatlar aniqlanib, barcha savdolar bekor qilingan.
Xorazm viloyatida Bogʻot tumanidagi sport maktab-internati (1,4 mlrd soʻm), Urganch tumani hokimligi (43,7 mln soʻm) va Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali (29,8 mln soʻm) tomonidan oʻtkazilgan xaridlarda qonun buzilishi holatlari aniqlanib, hududiy boshqarma ogohlantirishlari asosida xarid toʻxtatilgan.
Toshkent shahrida esa “Texnik meʻyorlash instituti”, Uzbekistan Airways AJ, “Xalq banki” ATB, “Biznesni rivojlantirish banki” ATB, “FK Bunyodkor” MCHJ, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi AT markazi va boshqa davlat tashkilotlari tomonidan oʻtkazilgan umumiy qiymati 25,7 mlrd soʻmlik tanlovlarda ham raqobatga zid harakatlar qayd etilgan. Barcha savdolar bekor qilingan.
Hududiy boshqarma Maxsus komissiyasi tomonidan mazkur buyurtmachilarga nisbatan ishlar qoʻzgʻatilib, ularni koʻrib chiqish davrida buyurtmachilar tomonidan savdolarni bekor qilinishiga erishilgan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q