Jamiyat
“Islohotlarni amalga oshirishda istiqbolli tashabbuslarni yanada qoʻllab-quvvatlash boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi Prezident farmoni qabul qilindi.
Farmon bilan “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini oʻtkazish tartibi toʻgʻrisida”gi nizom tasdiqlandi.
Nizom “Kelajak uchun” istiqbolli tashabbuslar forumini oʻtkazishga tayyorgarlik koʻrish, istiqbolli tashabbuslarni yigʻish, tahlil qilish va koʻrib chiqish hamda ularni amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Forum doirasida istiqbolli tashabbuslarni yigʻish, dastlabki saralash va umumlashtirish jarayonlari Strategik islohotlar agentligi tomonidan har yili 1-iyuldan 1 sentabrgacha oʻtkaziladi.
Forumda muhokama qilish uchun yuboriladigan istiqbolli tashabbuslar quyidagi mezonlarga muvofiq boʻlishi lozim:
– dolzarblik;
– oʻziga xoslik;
– imkoniyatlilik;
– taʻsirchanlik;
– tarmoq yoki jamiyatga ijobiy taʻsir koʻrsatish.
Mentorlar kengashi tomonidan top-10 deb topilgan eng dolzarb istiqbolli tashabbuslar prezident ishtirokida oʻtkaziladigan forumning yalpi majlisida muhokama qilinadi.
Jamiyat
Iqtisod
Jamiyat
Jamiyat
Sport
112523
Jamiyat
95185
Jamiyat
91643
Jamiyat
76147
Jamiyat
//
Izoh yo‘q