
Jamiyat
Oʻzatom agentligi, Vengriya Tashqi ishlar va savdo vazirligi hamda MVM EGI Zrt. kompaniyasi oʻrtasida AES qurilishi loyihasida hamkorlikning qator muhim yoʻnalishlari boʻyicha erishilgan kelishuvlarni qayd etuvchi bayonnoma imzolandi.
“Oʻzatom” xabariga koʻra, Vengriya delegatsiyasining Oʻzbekistonga amaliy tashrifi doirasida muhim hujjat tasdiqlandi.
Hujjat, jumladan, mexanik tortish kuchiga asoslangan quruq sovutish tizimlarini qoʻllash, uskunalarni yetkazib berish boʻyicha texnik-tijorat takliflarini tayyorlash, Oʻzbekiston hududida quruq sovitish tizimlarini yirik uzelli yigʻishni tashkil etish boʻyicha qoʻshma korxona tashkil etish ishlarini boshlash, shuningdek, Vengriya tomonidan taʼlim dasturlari va stajirovkalarni ishlab chiqishni nazarda tutadi.
Taʼkidlanishicha, bayonnomaning imzolanishi mintaqaviy darajada atom energetikasi sohasidagi koʻp tomonlama hamkorlikni kengaytirish yoʻlidagi muhim qadam boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, Oʻzbekiston va Rossiya AES qurish boʻyicha 2018-yilda shartnoma tuzgan, oʻshanda 1,2 GW quvvatga ega ikkita energoblok reja qilingandi. Keyinchalik shartnomaga oʻzgarish kiritildi va Jizzaxda kam quvvatli (330 MW) AES qurishga qaror qilindi.
2025-yil iyun oyida “Oʻzatom” agentligi va Rossiyaning “Rosatom” davlat korporatsiyasi Oʻzbekistonda katta quvvatli atom elektr stansiyasini qurish boʻyicha ham bitim imzoladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q