
Jamiyat
Numbeo tahliliy portali 2025-yil uchun dunyodagi eng xavfsiz mamlakatlar va hududlarning yangilangan reytingini eʻlon qildi. Tadqiqot butun dunyo boʻylab oʻtkazilgan soʻrovnomalar orqali toʻplangan maʻlumotlarga asoslangan boʻlib, jinoyatchilik va xavfsizlik darajasini subʻyektiv tarzda baholaydi.
Yangi hisobotga koʻra, dunyodagi eng xavfsiz davlatlar roʻyxatida Birlashgan Arab Amirliklari (BAA) yetakchilik qilmoqda. Amirliklar shaxsiy xavfsizlik va jamoat muhitining umumiy barqarorligi uchun yuqori baho olgan. Ikkinchi oʻrinda Andorra, uchinchi oʻrinda Qatar joylashgan. Oʻzbekiston 25-oʻrinda qayd etilgan.
Eng xavfsiz mamlakatlar va hududlar oʻntaligi quyidagilardan iborat:
– Birlashgan Arab Amirliklari;
– Andorra;
– Qatar;
– Tayvan;
– Makao;
– Ummon;
– Men oroli;
– Honkong;
– Armaniston;
– Singapur.
Qayd etilishicha, ushbu davlatlar va mintaqalarda jinoyatchilik darajasi past, aholining huquqni muhofaza qiluvchi organlarga ishonchi yuqori, ichki vaziyat barqaror.
Oʻzbekiston reytingda 25-oʻrinni egalladi. Ozarboyjon 35-oʻrinni, Rossiya 52-oʻrinni, Qozogʻiston 73-oʻrinni, Ukraina 81-oʻrinni, Qirgʻiziston 101-oʻrinni band qildi. Turkmaniston va Tojikiston reytingga kiritilmagan.
Eng xavfli mamlakatlar roʻyxatida Gaiti birinchi oʻrinda. Keyingi oʻrinlarda Papua-Yangi Gvineya, Venesuela, Afgʻoniston, Janubiy Afrika, Gonduras, Trinidad va Tobago, Suriya, Yamayka va Peru joylashgan.
Maʻlumotlarga koʻra, ushbu mamlakatlar zoʻravonlik, koʻcha jinoyati, talonchilik, korrupsiya va xavfsizlik hissiga salbiy taʻsir koʻrsatadigan boshqa omillar boʻyicha yuqori ball olgan.
Numbeo jinoyatlar darajasi, kunduzgi va tungi xavfsizlik hamda oʻgʻirlik, hujum, vandalizm, irqiy yoki diniy zoʻravonlik qurboni boʻlish xavfini baholovchi foydalanuvchilarning javoblari asosida Jinoyat indeksi va xavfsizlik indeksini tuzib chiqadi.
Maʻlumotlar rasmiy davlat statistikasiga emas, balki soʻrovda ishtirok etganlarning subʻyektiv ishtirokchilar idrokiga asoslanganini tushunish muhim.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q