Jamiyat
Endi vokzalga keluvchi yo‘lovchilar, ularni olib kelayotgan shaxsiy avtomobillar, taksilar va boshqa transport vositalari to‘g‘ridan-to‘g‘ri vokzal kirish eshigiga qadar harakatlanishi va yuk hamda yo‘lovchilarni tushirib ketishi mumkin. Bunda quyidagi tartib belgilangan:
– 5 daqiqa ichida kirib-chiqish — bepul;
– 5 daqiqadan 10 daqiqagacha — belgilangan to‘lov asosida;
– 10 daqiqadan oshgan holatlarda — jarima qo‘llaniladi.
Jarimalar inson omilisiz, maxsus kameralar orqali aniqlanadi va rasmiylashtiriladi.
Hozirda vokzal oldi yo‘lagi qurib, sinov tarzida ishga tushirilgan. Shuningdek, kirish va chiqish qismlarida shlagbaumlar va videokuzatuv tizimlarini o‘rnatish ishlari davom etmoqda.
“O‘zbekiston temir yo‘llari”ning ma’lum qilishicha, mamlakatdagi boshqa yirik shaharlardagi temir yo‘l vokzallari ham bosqichma-bosqich aynan shu tizimga o‘tkazilishi rejalashtirilgan. Bu borada maxsus yo‘l xaritasi ishlab chiqilgan.
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
109706
Jamiyat
94091
Jamiyat
89874
Jamiyat
73050
Jamiyat
//
Izoh yo‘q