Jamiyat
Toshkent shahrida joylashgan G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylarining binolari ta’mirlanadi va binolarda muhandislik kommunikatsiya ishlari olib boriladi. Bu haqda Madaniy meros agentligi axborot xizmati xabar bermoqda.
G‘afur G‘ulom va Oybek uy-muzeylaridan tashqari Buxoro viloyatining “Eski shahar” qismida joylashgan “Passaj-1” madaniy meros obyektini muzeylashtirish loyihasi tarixiy yodgorlikka ziyon yetkazmaslik sharti bilan tasdiqlangan.
Shuningdek, Buxoro shahrida joylashgan “Qadimiy hovli” (Hovli Poyon) madaniy meros obyektini Buxoro shahridagi Jadidlar merosi davlat muzeyiga moslashtirish, restavratsiya qilish ishlari bo‘yicha loyihasi Kengash a’zolari tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganilib yakuniy xulosa berilishi tavsiya etildi.
Ta’kidlanishicha, Madaniy meros agentligi huzuridagi Ilmiy-ekspert kengashi a’zolari 9 ta dolzarb loyiha bo‘yicha yakuniy xulosalar bergan.
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Madaniyat
109706
Jamiyat
94091
Jamiyat
89874
Jamiyat
73050
Jamiyat
//
Izoh yo‘q