
Jamiyat
Hukumat qarori bilan yosh bolalarni ta’lim-tarbiya bilan qamrab olishga oid ilk rivojlanish markazlari to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, deb xabar bermoqda Adliya vazirligi.
Nizom maktabgacha ta’lim bilan qamrab olinmagan hamda alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan bolalarga ta’lim-tarbiya xizmatlarini ko‘rsatish bo‘yicha Ilk rivojlanish markazlarini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Qayd etilishicha, markazlar 3–6 yoshli bolalarni, xususan, kambag‘allik darajasi yuqori va alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan oilalar farzandlarini qamrab olgan holda tashkil etiladi.
Markazlar quyidagi 2 ta model asosida faoliyat ko‘rsatadi:
– maxsus maktabgacha ta’lim xizmati modeli – pedagoglar tomonidan alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan oilalarning 2–7 yoshli farzandlari uchun yashash xonadoniga borgan holda ta’lim-tarbiya jarayonini tashkil etish;
– o‘yin guruhi modeli – 3–6 yoshli bolalar uchun Markazlarda tashkil etilgan qisqa muddatli (3,5–4 soat) guruh.
Ushbu markazlar tuman (shahar) maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi huzurida tashkil etiladi. Ularga qabul qilingan barcha tarbiyalanuvchilardan ota-ona to‘lovi undirilmaydi.
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q