Jahon
Yaponiyada “OK Obaa chan” (“Xo‘p bo‘ladi, buvijon”) nomli xizmat turi ishga tushdi. Bunda 60 yoshdan oshgan buvilarni 1 soatga 3300 iyena (~ 22 $) evaziga yollash mumkin.
Buvilar uy yumushlarida yordam beradi, taom tayyorlashni o‘rgatadi, suhbat quradi yoki ma’naviy ko‘mak ko‘rsatadi. Platformada 60 yoshdan 94 yoshgacha bo‘lgan 100 ga yaqin ayollar ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, mijozlar o‘ziga yoqqan “buvi"ni tanlab yollashi mumkin.
Tashabbusga turlicha munosabat bildirilmoqda: ayrimlar bu g‘oyani iliq qarshi olgan, uni qariyalarga qiziq va og‘ir bo‘lmagan ishni topish uchun yordam beradi, deb baholasa, boshqalar begonalarning uyiga borishdagi xavfsizlik masalalarini ko‘tarmoqda.
Ma'lumot uchun, bu xizmat yaponlarga begona emas: mamlakatda boshqa "oila a'zolar" ijarasi, hatto nafaqadagi amakini turli maqsadlarda ijaraga olish mumkin bo‘lgan Ossan Rental xizmati ham mavjud.
“OK Obaachan” xizmatini ayollar bandligini ta'minlashga ixtisoslashgan, o‘zini "Barcha sohalarda ayollarga yordam ko‘rsatish xizmati" deb ataydigan Client Partners kompaniyasi boshqaradi. Bu loyihadan tashqari, kompaniya "ijaraga do‘st" yoki "oilaning vaqtinchalik a'zosi" xizmatlarini ham taklif qiladi.
Madaniyat
Madaniyat
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
111121
Jamiyat
94525
Jamiyat
90471
Jamiyat
74596
Jamiyat
//
Izoh yo‘q