Shaxsiy ehtiyoj tovarlarini bojsiz olib kirish uchun xorijda 2−3 kun yurgan boʻlish kerak

Saqlash
15:40 / 15.07.2025 37 0

Vazirlar Mahkamasining 20-apreldagi qarori bilan belgilangan va qaror qabul qilinganidan uch oy oʻtib kuchga kirmoqda. Qaror bilan 1-maydan boshlab jismoniy shaxslar uchun shaxsiy ehtiyoj tovarlarini Oʻzbekistonga bojsiz olib kirish normalari kamaytirilgan. Davlat bojxona qoʻmitasi 20-iyuldan boshlab shaxsiy ehtiyoj uchun tovarlarni mamlakatga bojsiz olib kirish limitidan foydalanish uchun chet elda boʻlishning minimal muddati joriy etilishini eslatib oʻtdi.

 

Unga koʻra, piyoda yoki avtomobilda kirayotgan fuqarolar bu limitdan foydalanish uchun chet elda kamida ikki kun, samolyotda qaytayotganlar esa kamida uch kun boʻlishlari kerak. Aks holda olib kirilgan tovarlar belgilangan limitdan oshgan deb hisoblanib, ularning toʻliq qiymatidan 30 foiz miqdorida yagona bojxona toʻlovi undiriladi.

 

1-maydan

 

  • Samolyotda 1000 AQSh dollarigacha (bungacha 2000 dollar edi);
  • temir yoʻl va daryo transportida 500 AQSh dollarigacha (1000 dollar edi);
  • avtomobil va piyoda oʻtkazish punktlari orqali 300 dollargacha qiymatdagi tovarlarni shaxsiy ehtiyoj uchun bojsiz olib kirish mumkin.

 

Shuningdek, jismoniy shaxslarga xalqaro kuryerlik joʻnatmalari orqali yetkazib beriladigan tovarlar uchun stavka har chorakda 1000 AQSh dollaridan oyiga 200 AQSh dollarigacha qisqartirilgan. Pochta orqali qabul qilingan tovarlar uchun limit 100 AQSh dollar miqdorida qolgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//