Dunyo ruhiy salomatlik reytingida O‘zbekiston 74-o‘rinni egalladi

Saqlash
14:30 / 15.07.2025 91 0

Mental State of the World xalqaro tadqiqoti ruhiy salomatlik va farovonlik bo‘yicha reyting e’lon qildi. Unda O‘zbekiston 83 ta davlat orasida 74-o‘rinni egallagan.

 

Ruhiy salomatlik Markaziy Osiyo davlatlari orasida O‘zbekiston eng yaxshi natijani qayd etgan. Qo‘shni davlatlar quyidagicha o‘rinlarni egallagan:

 

  • - Qozog‘iston – 76-o‘rin
  • - Qirg‘iziston – 79-o‘rin
  • - Tojikiston – 80-o‘rin

 

Dunyo miqyosida ruhiy holat indeksi o‘rtacha 63 ballni tashkil qilgan. Bu esa insonlar oyda taxminan 21 kun davomida o‘zini barqaror va faol his qilishini anglatadi. Ammo Markaziy Osiyo davlatlari bu ko‘rsatkichdan ancha ortda qolmoqda. O‘zbekiston 54,5 ballni, Qirg‘iziston va Tojikiston 51,2 ballni qo‘lga kiritgan. Qozog‘iston esa (52,3 ball) Braziliya, Janubiy Afrika respiblikasi va hattoki Afg‘oniston bilan deyarli bir darajada.

 

Eng yuqori ruhiy salomatlik darajasi qayd etilgan davlatlar:

 

  • Dominikan Respublikasi – 89 ball;
  • Tanzaniya – 85,2 ball;
  • Panama – 84,4 ball.

 

Ruhiy salomatlik bo‘yicha reytingda joriy urush holatiga qaramasdan Ukraina (70-o‘rin 55,6 ball), Rossiya (24-o‘rin 73,8 ball) va Isroil (4-o‘rin 84,2 ball) natijalarini qayd etgan.

 

Ruhiy holat yomonlashishiga sabab boladigan faktorlar:

 

- Mutaxassislar fikricha, odamlarning ruhiy holati yomonlashishiga bir vaqtning o‘zida bir nechta omillar, xususan, xavotir, tushkunlik, charchoq, yolg‘izlik va hal qilinmagan ichki muammolar sabab bo‘ladi;

- Dunyoda har sakkiz kishidan biri yoki qariyb 1 milliard inson ruhiy kasallikdan aziyat chekadi;

- Ruhiy muammolarning yarmi 14 yoshgacha boshlanishidan kelib chiqib, o‘smirlar eng zaif qatlam sanaladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//