Jamiyat
Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadovning ma’lum qilishicha, endilikda har qanday normativ-huquqiy hujjat va loyiha Administratsiya huzuridagi ilmiy-tahliliy institutlar tadqiqotlari, olimlar, mahalliy va xorijiy ekspertlarning tavsiyalari asosida ishlab chiqiladi.
Muhim yo‘nalishlar esa loyiha ofislari orqali amalga oshiriladi.
Administratsiya faoliyatida “komplayens” tizimi yo‘lga qo‘yiladi.
Ta’kidlanishicha, bu shaffoflikni ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash va korrupsiya holatlarining oldini olishga xizmat qiladi.
Ayrim yo‘nalishlarda Prezident vakillari lavozimlari joriy etildi.
Shuningdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi (AOKA) faoliyati tugatilib, uning asosida Milliy kontent ishlab chiqaruvchi markaz tashkil etilmoqda.
Bundan tashqari, davlat idoralarining jamoatchilik oldidagi hisobdorligi oshirilmoqda.
Endi Matbuot kotiblari instituti yanada mustahkamlanadi, aholi bilan kommunikatsiya qilish va ommaviy axborot vositalari bilan ishlashning yangi tizimi joriy etilmoqda.
Siyosat
Sport
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
112747
Jamiyat
95424
Jamiyat
92214
Jamiyat
76544
Jamiyat
//
Izoh yo‘q