Hafta davomida O‘zbekistonga jazirama qaytadi

Saqlash
14:57 / 14.07.2025 54 0

O‘zgidromet 19-iyulgacha bo‘lgan ob-havo ma’lumotni e’lon qildi.

 

Unga ko‘ra mazkur ish haftasining birinchi yarmida kunduz kunlari harorat +36– +39 daraja atrofida, respublika janubida va cho‘l hududlarida +40– +42 darajagacha bo‘ladi.

 

Haftaning ikkinchi yarmida issiq kuchayadi. Juda issiq ob-havo davri shanba kuniga qadar davom etadi. Kunduz kunlari termometr ustuni +40– +42 darajagacha, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda +43– +44 darajagacha ko‘tariladi.

 

Shu kunlarda O‘zbekiston hududining katta qismida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Qisqa muddatli yomg‘irlar faqat 14–16-iyul kunlari ayrim tog‘li hududlarda kuzatilishi mumkin.

 

Respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Toshkent shahrida havo asosan biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi.

 

Harorat 14–16-iyulda – kechalari +22– +24, kunduz kunlari +37– +39 darajada bo‘ladi. 17–19-iyulda harorat kechalari +25– +27, kunduz kunlari +40– +42 darajagacha ko‘tariladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//