
Jamiyat
Davlat xizmati lavozimlarini egallash bo‘yicha tanlov tartibi o‘zgaradi. Bu haqda Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 2025-yil 1-avgustdan boshlab:
▪️ respublika, hududiy va tuman (shahar) darajasidagi tashkilotlardagi lavozimlarning boshqaruv va yordamchi guruhlari uchun tanlovlar faqatgina Davlat fuqarolik xizmatchilari vakant lavozimlarining yagona portali orqali o‘tkaziladi;
▪️ qonunchilikda lavozimga tayinlashda tegishli organlar bilan kelishilishi lozim bo‘lgan lavozimlar bo‘yicha kelishuv ushbu organlarning vakillarini tanlov komissiyasi tarkibiga kiritish yo‘li bilan amalga oshiriladi;
▪️ test sinovlari Davlat xizmatchilarini sinovdan o‘tkazish moduli orqali maxsus jihozlangan xonalarda yoki masofaviy onlayn proktoring tizimi orqali o‘tkaziladi.
Bunda tegishli davlat organida test sinovlarini maxsus jihozlangan xonalarda yoki masofaviy o‘tkazish masalasi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan murojaatlar tahlili, o‘rganishlar va so‘rovnomalar natijalariga ko‘ra hal etiladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q