O‘zbekiston milliy terma jamoasini germaniyalik murabbiy boshqarishi mumkin

Saqlash
10:07 / 14.07.2025 88 0

O‘zbekiston futbol Assotsiatsiyasi germaniyalik mashhur mutaxassis Yoaxim Lyov bilan muzokaralar olib bormoqda, deb xabar berdi “Championat.asia”.

 

“Lyov terma jamoamizni boshqarishi mumkin”, deyiladi xabarda.

 

 

Ma’lumot uchun, 65 yoshli mutaxassis 2014-yil Germaniya terma jamoasini Jahon chempioni qilgan edi. Shuningdek, u o‘sha yilning o‘zida FIFA tomonidan dunyoning eng yaxshi murabbiyi deb topilgan.

 

Lyov 2021-yilning mart oyida Germaniya terma jamoasi boshqaruvidan ketgan va o‘shandan beri hech qayerda ishlamagan.

 

Eslatib o‘tish lozim, O‘zbekiston milliy terma jamoasining ayni paytdagi bosh murabbiyi Timur Kapadze hisoblanadi. Srechko Katanes ketganidan keyin Kapadze bilan tuzilgan shartnoma hali uzaytirilmagan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//