Eski avtomobillar iste’moldan chiqariladi

Saqlash
09:35 / 14.07.2025 91 0

“Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirovning ma’lum qilishicha, O‘zbekistonda 40-50 yillik avtomobillarni bosqichma-bosqich foydalanishdan chiqarish taklif qilindi.

 

“40-50 yillik avtomashinalarni bosqichma-bosqich iste’moldan chiqarish - juda to‘g‘ri taklif. Hatto bu cheklovni 25-30 yilga tushirish ham noto‘g‘ri bo‘lmaydi, deb o‘ylayman. Faqat mashinani almashtirish uchun qulay takliflar bo‘lishi kerak”, deb yozdi u o‘z Telegram sahifasida.

 

Qodirovning ta’kidlashicha, yo‘l qoidabuzarliklari uchun beriladigan ayrim jazolar bo‘yicha haydovchilarning ham fikri bilan qiziqish zarur.

 

Shuningdek, IIV Jamoat xavfsizligi departamenti YHXX boshlig‘i Sherzod Ibragimov ham eski avtomobillardan voz kechish rejalashtirilayotganini tasdiqlagan.

 

“Prezidentimiz tomonidan takliflarimiz ma’qullandi. Bu ishlab chiqarilganiga uzoq yillar bo‘lgan, ma’nan eskirgan transport vositalari bo‘yicha alohida yo‘nalish belgilab, qonunchilikka tegishli o‘zgartirish kiritish masalasini nazarda tutadi. Bu bo‘yicha Oliy Majlis (Qonunchilik palatasi) va Senat vakillari bilan ishlab, natijalarini taqdim etamiz”, degan Ibragimov O‘zbekiston 24 telekanaliga bergan intervyusida.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//