O‘zbekistonda dam olish kunlari havo bulutli bo‘ladi

Saqlash
17:43 / 11.07.2025 107 0

11−13-iyul kunlari O‘zbekiston hududi bo‘yicha havo biroz bulutli, ba’zi joylarda o‘zgaruvchan bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Bu haqda O‘zgidromet xabar qildi.

 

Farg‘ona vodiysining tog‘li hududlarida 11-iyul kuni kechga tomon ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

 

11-iyul kuni kunduzi yoz faslining o‘rtasi uchun nisbatan qulay bo‘lgan havo harorati saqlanib turadi. Respublika hududining katta qismida termometr ustuni +32…+35 darajadan, janubda +36…+39 darajadan ko‘tarilmaydi. Eng salqin hudud Farg‘ona vodiysi bo‘lib, bunda harorat +28…+31 daraja atrofida bo‘lishi kutilmoqda.

 

Dam olish kunlari harorat asta-sekin ko‘tariladi va ko‘pchilik viloyatlarda kunduzgi harorat +35…+38 darajani tashkil etadi. Harorat asosan kechalari +18…+23 daraja bo‘ladi.

 

Respublikaning ayrim joylarida 11−13-iyul kunlari shamol tezligi 13−18 m/s gacha kuchayishi, chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

 

Toshkentda dam olish kunlari havo biroz bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 3−8 m/s tezlikda esadi. Harorat asosan kechalari +20…+23 daraja, kunduz kunlari 11-iyulda +33…+35 daraja, 12−13-iyulda 35−38 daraja bo‘ladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//