
Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqlarda o‘zini defektolog, duduqlanib gapiradigan bolalarni davolovchi mutaxassis sifatida tanitib faoliyat yuritib kelayotgan Dilorom Jabborova bugun yana muhokamalar markazida bo‘lmoqda.
U o‘z sahifasiga bolalarni it kabi akillatib dars o‘tayotgani aks etgan videoni joylagan. Holat yuzasidan bolalar ombudsmaniga murojaat qilindi. Bolalar ombudsmanining bildirishicha, mazkur ayolning bola manfaatiga zid bu tarzdagi harakatlari bo‘yicha bolalar ombudsmani Bosh prokuraturaga tegishli so‘rov kiritgan. Hozirda holat prokuratura organlari tomonidan o‘rganilmoqda.
Ayolning o‘zi esa holatni quyidagicha izohlagan:
“3-5-8-10-13-yil ayrim yopiq eshiklar ortida millionlab o‘g‘il, qizlarimiz ovozi, so‘zi, fikri, hissiyot va tuyg‘ulari o‘chiq rejimidaki, ular faqat pichirlash, boshni silkitish yoki ko‘z yosh to‘kish bilan yashashmoqda. Maydagina bo‘lib qolgan ovozni asl katta, cheksiz holatga qaytarish uchun jarrohlik qilinadimi yoki kosmetolog huzuriga boriladimi? Dori-darmon, ukol, tok emotsional va energetik faollikni tiklay olmaydi, aksincha tinchlantiradi. Aktyorlik mahorati, musiqa, sport — bu yo‘nalishlar asosan insonga energiya (quvvat), ishonch, jur’at, kuch beradi. Bu farzandlarim sizga eshitilgan tovushda harakat qilishi, katta erkinlik”.
2024-yilning 27-fevral kuni mazkur ayolga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 1-qismi (firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Jinoyat ishi tergovi davomida ayolning bolalar duduqlanishi muammosiga oid har qanday faoliyat bilan shug‘ullanishi to‘xtatilgani, u bunday xizmat ko‘rsatishni davom ettirmaslik yuzasidan tegishli tartibda ogohlantirilgani aytilgandi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.
Defektolog orada bir muddat o‘z faoliyatini to‘xtatgan bo‘lsa ham, ko‘p o‘tmay yana davom ettirdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q