
Jamiyat
Samarqandda 16 yoshli qiz burun operatsiyasi vaqtida vafot etdi. Bu haqda “Millar” dasturida xabar berildi.
Ma’lum qilinishicha, xorijda yashab, tahsil olayotgan qiz yozgi ta’tilda buvisinikiga kelgan. U nafas olishda qiynalayotgani uchun 1-iyul kuni buvisi bilan Samarqand viloyati markaziy shifoxonasiga borgan. Shifokorlar unga jarrohlik amaliyoti o‘tkazilishi kerakligini aytgan. Operatsiyadan keyin bemorning salomatligi yomonlashgan va u vafot etgan.
Bu vaqtda qizning ota-onasi chet elda bo‘lgan. Qizning buvisi uning o‘limida shifokorlarni ayblamoqda.
Viloyat prokuraturasi tomonidan sud-tibbiy ekspertiza tayinlandi. Hozirda tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q