
Jamiyat
Oliy ta’lim muassasalarida 2025-2026-o‘quv yili uchun ikkinchi va undan keyingi ta’lim (ikkinchi mutaxassislik) uchun qabul boshlandi, deya xabar bermoqda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi.
Talabgorlarni onlayn ro‘yxatdan o‘tkazish vazirlikning Yagona ta’lim xizmatlari portali — my.edu.uz orqali 10-avgustga qadar amalga oshiriladi.
Bunda nomzodlar platformada quyidagilarni bajarishi kerak:
– o‘zining pasport ma’lumotlari, JSHSHIR ma’lumoti haqida axborotlarni kiritadi;
– diplom va uning ilovasining elektron nusxasini yuklaydi;
– o‘qish istagini bildirgan OTM va ta’lim yo‘nalishini tanlaydi.
Ikkinchi va undan keyingi oliy ma’lumot bo‘yicha o‘qitish to‘lov-kontrakt asosida amalga oshiriladi.
Ma’lumot uchun, ikkinchi va undan keyingi oliy ta’lim bo‘yicha qabul parametrlari OTMning ilmiy-pedagogik salohiyati va moddiy-texnik bazasi hisobga olingan holda oliygoh kengashi tomonidan belgilanadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q