
Jamiyat
2024-yilda oʻzbekistonliklar Shengen vizasini olish uchun 58 691 ta ariza topshirgan — bu 2023-yilga (46 503 ta ariza) nisbatan 26,2 foizga koʻp. Bu haqda SchengenVisaInfo portali xabar bermoqda. Berilgan arizalar soni boʻyicha Oʻzbekiston dunyoda 35-oʻrinni egalladi.
Statistikaga koʻra, arizalarni maʻqullash darajasi deyarli 88 foizni tashkil etdi — konsulliklar tomonidan 51 604 ta viza berildi. Bu 2023-yilga nisbatan 33 foizga koʻp.
2014-yildan buyon oʻzbekistonliklar tomonidan eng kam arizalar 2020−2021 pandemiya yillarida qayd etilgan (mos ravishda 6770 va 8929).
2024-yilda eng koʻp arizalar Germaniya konsulliklariga topshirilgan — 19 329 ta, shundan 15 525 tasi maʻqullangan. Eng yuqori maʻqullash koʻrsatkichlari Bolgariyaga (133,40%) tegishli.
Shu bilan birga, Shveysariya Oʻzbekiston fuqarolaridan birorta ham ariza qabul qilmagan. Polsha esa oʻzbekistonliklar uchun eng koʻp rad javobi berilgan davlat boʻlib qolmoqda.
Arizalarning 32,88 foizi rad etilgan. Oʻzbekistonda har ming aholiga nisbatan rad etish darajasi 0,27 foizni tashkil etdi. Oʻzbekistonliklar uchun rad etish koʻrsatkichlari 2024-yilda undan oldingi yilga nisbatan 21 foizga yuqori boʻldi.
Oʻzbekistonliklarga butun dunyo boʻylab Shengen vizasi uchun topshirilgan barcha arizalarning 0,50 foizi toʻgʻri kelmoqda.
2024-yilning 11-iyuniga qadar ariza toʻlovi 80 yevro edi. Umuman olganda, Oʻzbekiston rezidentlari vizalar uchun 4 695 280 yevro sarflagan boʻlsa, shundan 740 000 yevro rad etilgan arizalarga toʻgʻri keladi.
2014-yildan beri Yevropa Ittifoqi Oʻzbekiston fuqarolaridan deyarli 26 million yevro miqdorida viza yigʻimlari olgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q