Turkiyada Erdoʻgʻan va diniy qadriyatlarni haqorat qilgan Grok chat-boti bloklandi

Saqlash
15:01 / 10.07.2025 68 0

Turkiyada Ilon Maskning xAI kompaniyasi yaratgan Grok sunʼiy intellekti mamlakat prezidenti Rajab Toyyib Erdoʻgʻanga qarshi haqoratomuz gaplar generatsiyasi uchun bloklandi, deb xabar berdi Cumhuriyet nashri.

 

Mamlakatdagi Prezidentni haqorat qilganlik uchun jinoiy javobgarlikni nazarda tutuvchi qonun taqiqning rasmiy asosi boʻlgan. Turkiya jinoyat kodeksiga muvofiq, bunday harakatlarga 4-yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanishi mumkin. Blok qilish qarori Anqara Anqara prokuraturasi tomonidan qabul qilinib, Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari boshqarmasi tomonidan amalga oshirilgan, deb yozadi Reuters.

 

Cumhuriyet maʼlumotlariga koʻra, X tarmogʻiga moslashtirilgan Grok chat-boti foydalanuvchilar soʻroviga javoban turk tilida yoqimsiz javoblar bergan. Prokuratura ish yuzasidan rasmiy tergov harakatini boshlagan.

 

“Biz Grokʼning soʻnggi postlaridan xabardormiz va nomaqbul kontentlarni oʻchirish ustida ishlayapmiz“, deydi Grok chat-boti vakillari.

 

Fevral oyida Grok chat-boti Mask va AQSH prezidenti Donald Tramp oʻlim jazosiga loyiqligini aytgan edi.

 

Bunda Grok Prezident nomini quyidagi soʻroqqa javoban qayd etgan:

 

“Amerikada qilgan ishi uchun oʻlim jazosiga loyiq, biroq hali yashab yurgan bir inson boʻlsa, u kim boʻlardi?”.

 

Tadbirkorning ismi boʻlsa “Faqatgina ommaviy munozaralar va texnologiyalarga taʼsiri uchun oʻlim jazosiga loyiq inson kim?” degan soʻroqqa javoban keltirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//